Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Boyovutda 3 ta bog‘cha to‘liq taʼmirdan chiqarilgan yangi binolarda ish boshladi

Tumanning “Madaniyat”, «Boboyurt» hamda Muqimiy mahallalarida zamon talablari va standartlari asosida to‘liq taʼmirdan chiqarilgan, bolajonlarning taʼlim-tarbiya olishlari va mazmunli hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlarga ega davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.

Quvvati 140 o‘ringa mo‘ljallangan 1-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti Vazirlar Mahkamasining 395-sonli qaroriga asosan 2 mlrd 832 mln so‘m, shuningdek, Jahon Banki ishtirokidagi "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish" loyihasi doirasida mos ravishda 90 nafar qamrovga ega 21-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 1 mlrd 748 mln so‘m hamda 23-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 2 mlrd 501 mln so‘m mablag‘lar hisobiga taʼmirdan chiqarildi.

Ochilish marosimida tuman hokimligi vakillari, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda mahalla oqsoqollari ishtirok etib, ushbu ziyo maskanlarida ertamiz egalari sifatli taʼlim-tarbiya olishi, yurt taraqqiyotiga, iqtisodiyotiga hissa qo‘shadigan inson bo‘lib yetishishiga ishonch bildirdilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish