Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 24 nafar yoshlar uyli bo‘ldi

Muhtaram Prezidentimizning 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan, viloyatimizda o‘tgan yili “Bolalar shaharchasi”da tarbiyalangan 39 nafar ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlar bepul uy-joylar bilan taʼminlandi.

Joriy yilda Respublika byudjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Boyovut va Sirdaryo tumanlarida 1 tadan, Mirzaobod va Xovos tumanlarida 3 tadan, Guliston, Sardoba, Sayxunobod tumanlari hamda Shirin, Yangiyer shaharlarida 2 tadan, Guliston shahrida 6 ta jami 24 ta uy-joylar xarid qilindi.

Bugun, «Sirdaryo yoshlar forumi-2022» tadbiri doirasida Prezident sovg‘asi — mazkur uylarning kalitlari o‘z egalariga topshirildi.

— Davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘zlab olib borayotgan bu kabi ezgu ishlarida inson qadri, uni ulug‘lash, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ham o‘z uyi bo‘lishi, ular ham jamiyatda o‘z o‘rnini topishi lozimligi, bir so‘z bilan aytganda “Bu qutlug‘ zaminda hech kim mehr va eʼtibordan chetda qolmaydi”, degan ezgu g‘oyani o‘z ichiga oladi”, - dedi viloyat hokimi. — Har biringizni bugun Vatan ichra kichik vatanli bo‘lganingiz bilan samimiy tabriklayman.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish