Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Bolajonlarga Prezident sovg‘alari topshirildi

Ayni vaqtda mamlakatimizning barcha hududlarida Yangi yil bayrami shukuhi hukmron. Hamyurtlarimiz kayfiyati yana-da ko‘tarinki, nigohlarida quvonch, chehralarida mamnunlik ifodasi yaqqol sezilib turibdi. Ayniqsa, bolajonlar shodligining chegarasi yo‘q. Kuni kecha qishki taʼtilga chiqqan o‘g‘il-qizlarning bu pallani maroqli va mazmunli o‘tkazishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu borada anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Prezident archasi” bayram tadbirlarining ahamiyati beqiyos. Viloyatda ham bu tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida qiziqarli dasturlar, ertak qahramonlari ishtirokidagi sarguzashtlarga boy sahna ko‘rinishlari bolajonlar quvonchiga quvonch qo‘shdi.

Tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev bolajonlarni bayram bilan tabriklab, Prezident sovg‘alarini ulashdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish