Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi “Oqila ayollar” harakati aʼzolari bilan uchrashdi
Guliston shahrida “Oqila ayollar” harakatining yil sarhisobiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev, hamkor tashkilotlar vakillari, otinoyilar, xotin-qizlar faollari, jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Viloyat rahbari nutqi davomida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganini taʼkidlab, ularni muammolari, dardu tashvishlari bilan shug‘ullanadigan adolatli va samarali tizim yaratilganini aytib o‘tdi.

- Xotin-qizlar va oila masalasi – bu nafaqat bugungi kunimiz, balki ertangi kelajagimizni ham belgilab beradigan hal qiluvchi omildir, - dedi Akmaljon Maxmudaliyev. - Yosh qizlarimizning tarbiyasiga beeʼtibor bo‘lmayotgan, o‘zlarining boy hayotiy tajribalariga tayanib, zarur pand nasihatlarini berib kelayotgan “Oqila ayollar” harakati aʼzolariga alohida minnatdorlik bildiraman. Boisi, sizlarning o‘gitlaringizga amal qilgan oqila va ziyoli qizlar kelajakda barpo bo‘ladigan butun boshli oilaning ilmli bo‘lib ulg‘a­yishiga zamin yaratadi.

Tadbirda, shuningdek, yig‘ilganlarga «Oqila ayollar» harakati aʼzolari tomonidan yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan maʼlumot ham berildi.

Yakunda bir guruh faol xotin-qizlarga Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Konsert dasturi esa tadbirga yana-da fayz bag‘ishladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish