Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Zamonaviy yo‘l-qurilish texnikalari topshirildi

Boyovut tumanida favqulodda vaziyatlar quyi tizimi xizmatlari, mavjud kuch va vositalarning shayligi, kommunal xizmat korxonalarining avariya-dispetcherlik xizmatlariga biriktirilgan maxsus texnikalari ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etdi.

Ko‘rik davomida, shuningdek, tumandagi ichki yo‘llarni taʼmirlash uchun ajratilgan Prezident sovg‘asi - maxsus texnikalar tantanali ravishda topshirildi.

Viloyat hokimi shu yerning o‘zida tuman faollari va nuroniylari bilan ham uchrashib, ularning takliflariga quloq tutdi. Muhtaram Prezidentimizning kuni kecha Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda tumanda amalga oshiriladigan ishlar borasida fikr almashdi.

Fuqarolarni bugun rozi qilishimiz kerak! Negaki, ular “ko‘changiz falonchi yil dasturiga asosan taʼmirlanadi”, degan izohlardan charchagan, - dedi viloyat rahbari. — Bugun topshirilgan "Prezident sovg‘asi" — 1 dona avtogreyder, 1 dona frontal yuk ortish va 1 dona og‘ir yuk tashish texnikalari Respublika byudjetidan ajratilgan 2,3 milliard so‘m evaziga xarid qilingan. Bu o‘z navbatida tumandagi barcha ichki yo‘llarni qisqa muddatlarda, ortiqcha sarf-xarajatlarsiz taʼmirlash imkonini beradi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish