Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoga Germaniyadan yangi va zamonaviy laparoskopiya apparatlar keltirildi
Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam jamgʻarmasi hisobidan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filialiga zamonaviy tibbiyot uskunalari keltirilishi davom etyapti.

Bugun markazning viloyat filiali hamda Guliston, Boyovut va Oqoltin, Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tez yordam boʻlimlariga har birining umumiy qiymati 1 milliard 965 million 822 soʻm boʻlgan 5ta zamonaviy, eng soʻngi rusumdagi laparoskopiya apparat keltirildi.

Ushbu apparatlar koʻkrak qafasi va qorin boʻshligʻi aʼzolari oʻtkir kasalliklarida endoxirurgik, ginekologik, bachadondan tashqari homiladorlik, tuxumdon kistalari tashxisi bilan yotgan bemorlarda operatsiyalarni muvaffaqiyatli oʻtkazish imkonini beradi.

Jahon standartlariga mos, kam invaziyali jarrohlik amaliyotini bajarish uchun oʻz malakalarini oshirib qaytgan mahalliy mutaxassislarimiz endi bugungi keltirilgan Germaniyaning “KARL STORZ SE & Co. KG” kompaniyasida ishlab chiqarilgan laparoskopiya apparatlarini amalda bemalol qoʻllay oladi.

— Ushbu apparatlarning afzallik tomonlari nihoyatda koʻp,—deydi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali bosh shifokori, jarroh Sharof Soatmurodov. — Bemor tanasini imkon qadar kichik oʻlchamda kesgan holda, katta hajmdagi jarrohlik amaliyotini kam vaqt va kam xarajat bilan samarali bajarish mumkin. Bunda bemor tezroq sogʻayadi va eng asosiyi, davolashda yuqori samaraga erishiladi. Toʻgʻri, oldin ham bunday amaliyotlar oʻtkazilgan, ammo hozir juda kichik yoshdagi bolalarda ham shu turdagi amaliyotlar oʻtkazilyapti. Eng muhimi, koʻkrak qafasi, qorin boʻshligʻidagi tugʻma nuqsonlar kam invaziv va samarador boʻlgan torokoskopik, laproskopik usullarda, qorin yoki koʻkrak qafasini ochmasdan bartaraf etilyapti.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish