Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklarida

Viloyat hokimi o‘rinbosari Dilmurod Abduraxmonov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tayotgan “Yevropa mamlakatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish” mavzusidagi xalqaro seminarda ishtirok etmoqda.

Seminardan ko‘zlangan maqsad Yevropa mamlakatlariga asosiy oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi Latviyaning «Sertifikacijas un testesenas centrs» hamda Litvaning “Ekofarm” kompaniyalarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish, ekin maydonlarida «Global GAP» va “Organik” standartlarini joriy etish borasidagi tajribalarini o‘rganishdan iborat.

Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari sohaga aloqador kompaniyalar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish