Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
"Ochiq budjet" orqali berilgan taklif sportchilarga qulay sharoit yaratdi

Sirdaryo tumanidagi 22-sonli umumtaʼlim maktabida “Kurash” sportini rivojlantirish uchun tashabbus ko‘rsatildi. Yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash va “Kurash” sportini keng targ‘ib etish maqsadida joriy yilda o‘tkazilgan "Ochiq budjet" portaliga kerakli sport anjomlari va kurash gilamini xarid qilish uchun taklif kiritilgan. Ovoz to‘plash jarayonida jami 762 ta ovoz to‘planib, ushbu taklif g‘olib, deb topilgan.

Ayni kunda mazkur maktabning sport zaliga sport anjomlari va kurash gilami xarid qilindi va sportchilar uchun zaruriy sharoitlar yaratildi. Buning uchun 100 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Bundan tashqari tuman hokimligi tomonidan yuvinish xonalari to‘liq taʼmirlab berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish