Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Murojaatlar yechimi qog‘ozda emas, amalda bo‘lsagina xalq ishonchi qozoniladi
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev Guliston shahar hokimligining "Yoshlar markazi" binosida navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Unda barcha shahar va tumanlardan o‘z muammoli masalalarini hal etish maqsadida kelgan yurtdoshlarimizning murojaatlari, taklif va mulohazalariga quloq tutildi.

Prezidentning viloyatdagi Xalq qabulxonasi, huquqni muhofaza qilish idoralari, sudlar, banklar, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport, ijtimoiy soha, kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar mutasaddilari ham ishtirok etgan qabulda qariyb yetti soat davomida 150 nafardan ziyod fuqaroning ishga joylashish, uy-joy, yer va bo‘sh bino, bank krediti olish, elektr tarmog‘i tortish, ichimlik suvi, ichki yo‘llar taʼmiri, davolanish uchun yordam, kommunal xizmatlarga ulanish kabi masalalardagi murojaatlari o‘rganildi.

Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi.

Viloyat rahbari ijrosi qo‘shimcha o‘rganish, muddat va mablag‘ talab qiladigan murojaatlarni masʼullarga yo‘naltirar ekan, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligi, fuqarolar muammosi hal etilishi umidi bilan qabulga kelganligini aslo unutmagan holda masʼuliyat bilan yondashish lozimligini taʼkidladi va ijroga yo‘naltirilgan murojaatlar nazoratda ekanligini bildirdi.

Murojaatlar yechimi qog‘ozda emas, amalda bo‘lsagina xalq ishonchi qozoniladi — dedi Akmaljon Maxmudaliyev masʼullarga qarata.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish