Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Qishloq xo‘jaligi fidoyilari sharaflandi
Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan Guliston shahridagi “Bahor” tantanalar majmuasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Sana munosabati bilan yozilgan to‘kin dasturxon atrofiga fermer-dehqonlar, suvchi-irrigatorlar, mexanizatorlar, olim va agronomlar, klasterlar vakillari, mirishkor bog‘bonlar taklif etildi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev muhtaram Prezidentimizning soha xodimlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, joriy yilda viloyatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish ko‘rsatkichlari, sohani innovatsion rivojlantirish, klaster usulini amaliyotga keng tatbiq etish, hududlarning eksport imkoniyatlarini oshirish borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlarga to‘xtalib, barchani bayram bilan muborakbod etdi.

Bir guruh fidoyilarga «Namunali tomorqachi», «Qishloq xo‘jaligi fidoyisi» ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Tantanali tadbir el suygan sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar hamda viloyat madaniyat boshqarmasi tomonidan tayyorlangan badiiy dasturlarga ulanib ketdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish