Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida baliqchilik yo‘nalishidagi kurslar ham tashkil qilindi
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini taʼminlash va kasb-hunarga o‘qitish yo‘lida samarali ishlar olib borilmoqda.

Viloyat Bandlik bosh boshqarmasi tasarrufidagi Guliston “Ishga marhamat” monomarkazida ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish maqsadida 28 ta yo‘nalishdagi kurslar ochilgan.

Mazkur monomarkazda amalga oshirilayotgan ishlar bilan keng jamoatchilikni yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Ishtirokchilar markaz faoliyati bilan tanishish davomida yapon tili kursida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan suhbatlashdi. Mazkur yo‘nalishda 20 nafar tinglovchi o‘qimoqda. Bundan tashqari, viloyat migratsiya bo‘limi qoshida ham 20 nafar tinglovchi o‘qishni davom ettirmoqda. OAV vakillari yana bir yangi – “Baliqchilik” yo‘nalishidagi kurs bilan ham tanishdi. Kurs uchun tayanch auditoriya yaratilgan bo‘lib, shartnoma asosida ushbu yo‘nalishdagi klasterlar, fermer xo‘jaliklari xodimlari, shuningdek, intensiv usulda baliq yetishtirayotgan aholini o‘qitish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Press-tur qatnashchilari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ajratilgan subsidiya asosida faoliyat boshlagan “Mehr vodiysi” unitar korxonasiga bordi. Korxonada 14 turdagi sport anjomlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Eʼtiborli jihati, bu yerda 19 nafar imkoniyati cheklangan fuqaro ish bilan taʼminlangan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish