Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sardobada aholi muammolari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etiladi

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra Toshkent viloyatida tajriba sifatida boshlangan aholi bilan muloqotning yangi tizimi viloyatimizning og‘ir hududlaridan biri bo‘lgan Sardoba tumanida ham joriy etiladi.

Unga ko‘ra, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev boshchiligidagi viloyat korxona va tashkilotlari rahbarlaridan iborat ishchi guruh 4 ta sektor kesimida tumandagi 15 ta mahallada faoliyat olib boradi.

Ishchi guruh tuman hududida mahallama-mahalla yurgan holda aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish, shu bilan birga, muddat va mablag‘ talab qiladigan masalalarni kelgusi yil dasturlariga kiritish choralarini ko‘radi. Ushbu jarayonda og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan insonlarni qiynayotgan muammolarga yechim topishga ham eʼtibor qaratilishi nazarda tutilgan.

Bugun tuman hokimligi binosida o‘tkazilgan yig‘ilishida barcha imkoniyatlarni safarbar etgan holda, ishlarni tizimli tashkil etish va yuqorida qayd etilgan vazifalarni sifatli bajarilishi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish