Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Korrupsiyaga oshkora va ochiq kurash olib boriladi
Sirdaryo viloyati Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi tomonidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Hududiy Kengash aʼzolari, huquq tartibot organlari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan anjumanda korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar va ularning sohalar kesimida tahlillari, bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlar to‘g‘risida axborot berildi.

Qayd etilishicha, viloyatda joriy yilning 11 oyi davomida 280 ta korrupsion jinoyatlar sodir etilgan. 317 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu davrda mobaynida mansabdorlik bilan bog‘liq tergov qilingan jinoyat ishlari viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan davlat, jamoat va fuqarolarga yetkazilgan zararning 84,2 foizi tergov jarayonida undirilgan.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish borasida to‘xtaldi.

“Insonda imon bor, nafs bor. Imon butun bo‘lsa, har qanday nafsni jilovlash mumkin. Yo‘qsa, nafs insonni insoniyligidan ayiradi, obro‘-eʼtiborini yer bilan yakson qiladi. Bu har bir rahbar bilishi lozim bo‘lgan oddiy haqiqat”, – dedi viloyat rahbari. – Endi viloyatda korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘linadi va unga qarshi ayovsiz kurashiladi. Aybdorlar nafaqat jinoiy javobgarlikka tortiladi, balki OAV orqali ismi va kirdikorlari oshkor etiladi.

Yakunda ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga masʼullardan javob oldilar hamda takliflarini bildirdilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish