Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Yangi islohotlarning mustahkam huquqiy asosi — Bosh Qomusimizning 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan ushbu tantanada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni, ular orqali mehnatsevar, azmu shijoatli sirdaryoliklarni ushbu qutlug‘ sana bilan tabrikladi.

— Mamlakatimiz Konstitutsiyasi ijtimoiy hayotning barcha sohasida bosqichma-bosqich va tizimli ravishda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mustahkam yuridik manbai hamda huquqiy kafolati bo‘lib kelmoqda, —dedi Akmaljon Mahmudaliyev. — Zero, Asosiy Qonunimiz ishlab chiqilishi, qabul qilinishi va rivojlantirilishi bosqichlari mustaqillik tarixi bilan bevosita bog‘liq. Har qanday jamiyatda Konstitutsiya ijtimoiy taraqqiyot surʼatlariga taʼsir ko‘rsatadigan muhim manba, taraqqiyot mo‘ljallarini belgilash imkonini beradigan huquqiy hujjat hisoblanadi.

Taʼkidlandiki, keyingi yillarda «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» tamoyili islohotlarning bosh qoidasiga aylantirildi. Kelajakda ushbu tamoyil asosida amalga oshiriladigan o‘zgarishlar tizimli ravishda olib borilishi uchun, eng avvalo, «inson – jamiyat – davlat» tamoyili konstitutsion norma sifatida mustahkamlanmoqda.

Tantanada turli sohalarda mehnat qilayotgan bir guruh faol yurtdoshlarimizga «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni topshirildi.

Teatr qoshida tashkil etilgan simfonik orkestrning Vatanga muhabbat va sadoqat, tinchlik, do‘stlik, hamjihatlik kabi ezgu g‘oyalarni tarannum qilgan bayram konserti tadbirga o‘zgacha mazmun baxsh etdi.

Bayram tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish