Buni viloyat hududlarida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan qator tadbirlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev hamda viloyat sektor rahbarlari turli mahallalarda bo‘lib, nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar oldi.
- Maqsadimiz nogironligi bo‘lgan fuqarolarni moddiy-maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash, ko‘ngillarini obod qilish, - deydi viloyat rahbari. – O‘zgalar parvarishiga muhtoj kishilar ozgina eʼtibor va rag‘batning qadrini yaxshi biladi. Kimningdir eshikdan kirib kelishini, holidan xabar olishini intiqlik bilan kutadi.
Yo‘qlovlar chog‘ida bir necha turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari tarqatildi.
– Eʼtibordan ko‘nglim tog‘day ko‘tarildi, – deydi Guliston shahri "Buyuk kelajak" mahallasida yashovchi, 1-guruh nogironi Hikmatoy Mamatova. – Men kabi ko‘ngli o‘ksik insonlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor, ehtirom uchun Yurtboshimizga, barcha yaxshi insonlarga rahmat.
Mehr-saxovatning katta-kichigi bo‘lmaydi, u doimo qalbi o‘ksik, mehrga muhtoj kishilar diliga nur olib kiradi. Yaxshilik ko‘rganlarning eʼtibor, mehr-muruvvatdan ko‘ngillari shod bo‘ladi. Zero, eʼzoz va eʼtibor, bir kalima shirin so‘z hech qachon esdan chiqmaydi.
Bu kabi xayrli ishlar tuman va shaharlarda ham davom etmoqda.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi