Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati -7.4C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Akmaljon Maxmudaliyev fuqarolar qabulini o‘tkazdi

Odamlar qalbiga quloq solish, ularning dardu tashvishini tinglash, muammolarini hal etish bugungi islohotlarning tub mohiyatini tashkil etadi. Shu boisdan murojaatlar bilan ishlash va aholi muammolarni hal etish maqsadida har bir davlat organida muayyan kunlarda fuqarolar uchun qabul o‘tkazilib kelinmoqda.

Bugun viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

Qabul davomida viloyatning turli hududlaridan kelgan 70 nafarga yaqin fuqaro murojaatlari viloyat hokimi, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi.

Moddiy yordam, uy-joy, subsidiya, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit olish, hududlarni obodonlashtirish, bandlik, tibbiy xizmat kabi yo‘nalishlarda ko‘plab masalalar eshitilib, 50 dan ziyod murojaatlarga qabul chog‘ida aniq yechimlar belgilandi.

Shuningdek, ayrim murojaatlar masʼul idoralarga qo‘shimcha o‘rganish uchun yo‘naltirildi. Qonuniy jihatdan yechim topish imkoni bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga tegishli tartibda tushuntirish berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish