
Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida 52 kilogramm vaznda Jahon chempioni bo‘lgan sirdaryolik Hilola Ortiqboyeva viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev hamda bir guruh faollar ishtirokida munosib kutib olindi.
H.Ortiqboyeva viloyat hokimligining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Viloyat rahbari chempion qiz o‘stirgan G‘ulomjon aka va uning turmush o‘rtog‘ini ulkan g‘alaba bilan qutlab, Hilolaning zafarlari bardavom bo‘lishiga tilak bildirdi.
Qayd etish lozimki, oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan Hilola 8 yoshidan kurash bilan shug‘ullanib keladi. Ayni damda 17 bahorni qarshi olgan Jahon chempioni 2022 yil 19-22 mart kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ham g‘olib bo‘lgan.
- Bugun ustozim - Guliston olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi murabbiyi Azimjon Ubaydullayev ko‘magida katta musobaqalarga tayyorgarlik ko‘ryapman, - deydi H.Ortiqboyeva. – Viloyat hokimining shaxsan o‘zi erishgan yutug‘im bilan qutlashi meni yangi marralar sari ruhlantirdi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi