Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” hamda “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari aniqlandi
Viloyati hokimligi “Qabullar uyi”da “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” hamda “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik-tanlovlarining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur ko‘rik-tanlovlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan tashkil etildi. Tanlovlarning tuman-shaharlar kesimida o‘tkazilgan hududiy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 66 nafar ishtirokchi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Hakamlar hayʼati g‘oliblik sari intilayotgan har bir ishtirokchi bilan yaqindan suhbat qurib, ularning mehnat faoliyati, amalga oshirgan ishlarini aks ettiruvchi fotoalbom va videolavhalariga eʼtibor qaratdilar. O‘z navbatida loyihalar, tashabbuslar, ezgu saʼy-harakatlarning istiqboliga yuzlandilar.

Shuningdek, har bir ishtirokchi o‘z hududining milliy urf-odatlari, rivojlanish va o‘sish suratlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarini ham namoyish qilishdi. Har bir g‘oyaning dolzarbligi, amaliyotda tatbiq etilgan saʼy-harakatlarning ijobiy ko‘rsatgichlari tanlov so‘ngida sarhisob qilindi.

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor davlat boshqaruvi organi” yo‘nalishi bo‘yicha:

3-o‘rin – Oqoltin tumani Xalq taʼlimi bo‘limi;

2-o‘rin – Sardoba tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi;

1-o‘rin – Guliston tumani 2-son davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti.

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor nodavlat-notijorat tashkiloti” yo‘nalishi bo‘yicha:

3-o‘rin – Qizil yarim oy jamiyati Shirin shahar bo‘limi;

2-o‘rin – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Xovos tumani bo‘limi;

1-o‘rin – “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi Sirdaryo bo‘limi.

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor tadbirkorlik subyekti” yo‘nalishi bo‘yicha:

3-o‘rin – Shirin shahridagi “Odinabonu siz uchun yangi hayot” MCHJ;

2-o‘rin – Yangiyer shahar “Dilmurod ENGT” xususiy korxonasi;

1-o‘rin – Mirzaobod tumanidagi “Yangi avlod” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti.

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor fuqaro” yo‘nalishi bo‘yicha:

3-o‘rin – Guliston shahar “Taraqqiyot” MFYda yashovchi Almatov Akbarali Saparaliyevich;

2-o‘rin – Xovos tumani “Do‘stlik” MFYda yashovchi Abdatova Shahnoza Bo‘riyevna;

1-o‘rin – Sayxunobod tumanidagi “Ittifoq” MFYda yashovchi Fayzullayeva Gulchexra Shamsitdinovna.

“Eng yaxshi ijtimoiy tashabbuskor hokimlik” yo‘nalishi bo‘yicha:

3-o‘rin – Boyovut tumani hokimligi;

2-o‘rin – Guliston tumani hokimligi;

1-o‘rin – Shirin shahar hokimligi.

“Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko‘rik tanlovida:

3-o‘rin – Sirdaryo tumani “Hikmatli” MFY;

2-o‘rin – Guliston shahar “Taraqqiyot” MFY;

1-o‘rin – Guliston tumani “Ahillik” MFY.

Sovrindorlarga viloyat hokimligi hamda xalq deputatlari viloyat kengashining tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Birinchilikni qo‘lga kiritganlar endilikda tanlovning Respublika bosqichlarida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish