Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Davlat xizmatchisi qanday bo‘lishi kerak?
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 14 oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Viloyat hokimining o‘rinbosarlari, guruh va kotibiyat mudirlari, apparat xodimlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari vakillari ishtirokida shahar, tumanlar hokimliklari bilan videokonferensaloqa shaklida o‘tgan seminarda dastlab Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi masʼul xodimi O‘ktam Hamrayevning maʼruzasi eshitildi. Davlat fuqarolik xizmatchilari o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy munosabatlar, davlat fuqarolik xizmatchilarining ishchanlik obro‘si va xizmatning nufuziga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlar yoki harakatsizlik, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqaridagi xulq-atvorning asosiy qoidalari haqida batafsil tushuncha berildi.

Shundan so‘ng Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining viloyat filiali rahbari Otabek Mavlonberdiyev hamda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Safar Tog‘ayevlarning davlat fuqarolik xizmatchilarining namunaviy odob-axloq qoidalari, ularni qabul qilish shart-sharoitlari, zarurati va ahamiyati hamda Kasbiy madaniyatga oid, xizmat faoliyatidagi va xizmatdan tashqari, shuningdek, tashqi ko‘rinish va kiyinish uslubiga oid umumiy odob-axloq qoidalari bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi.

Seminarda jamoatchilik vakillari, jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlashda odob-axloq qoidalariga rioya qilish va uning ahamiyati, manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya holatlarining oldini olish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Davlat fuqarolik xizmatchilari halol va vijdonan faoliyat olib borishlari, xalq roziligi uchun mehnat qilishlari zarurligi, davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilayotgan asosiy talab ham shundan iborat ekanligi, viloyatda ham belgilangan odob-axloq qoidalariga amal qilinishini taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar oldilar va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish