Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda xitoylik investorlar ishtirokida biznes-forum o‘tkaziladi

Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand Sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi bilan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xarita” ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat hokimi o‘rinbosari Boxodir Botirov va O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev o‘rtasida video-konferens-aloqa tarzida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Sirdaryo viloyatida Xitoy kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalar va tashqi savdo hajmlarini oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyatning investitsion va infratuzilma salohiyatidan kelib chiqib, rivojlanish strategiyasi o‘xshash bo‘lgan Xitoy provinsiyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

Hamkorlikni jadallashtirish maqsadida elchi Farhod Arziyev tomonidan 2023-yil yanvar oyida viloyatda Xitoylik investorlarni keng jalb qilgan holda “Xitoy forumi” o‘tkazish taklifi bildirildi. Forum doirasida “Xitoy modeli” asosida qishloq hududlarini rivojlantirishga qaratilgan pilot loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish