Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryolik yigit singlisiga buyragini berdi

Buyragim nima, jigarim uchun jonimni ham berishga tayyorman, - deydi 27 yoshli Asilbek Sayitqulov.

Ushbu amaliyot Guliston tibbiyot klasterida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sirdaryoda boshlangan navbatdagi sog‘lomlashtirish aksiyasi doirasida o‘tkazildi. Jarrohlik amaliyoti Akademik V.Vohidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jarrohlari,  tibbiyot fanlar nomzodi Jasur Sobirov, Muzaffar Rustamov,  anesteziolog  Ilyas  Ablyalimov,  Guliston tibbiyot klasteri jarrohlari Sherzod Tashmamatov, Erkin Aliqulov, Erkin O‘rolovlar tomonidan muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Bu sirdaryoda o‘tkazilgan ushbu turdagi jarrohlik amaliyotining ikkinchisi. Birinchisi jizzaxlik bemorda o‘tkazilgan edi.  

Bemorning ahvoli ancha yaxshi, – deydi Guliston tibbiyot klasteri direktori Qodir Hasanov. - Unda ko‘pdan buyon surunkali glomerulonefrit,  aralash (nefrotik-gematurik)  forma sabab buyrak yetishmovchilik, dasturiy gemodializ asorati, kamqonlik sabab nefrologiya-gemodializ bo‘limimizda davolanib kelardi. Eng muhimi, buyrak transplantatsiyasi kabi murakkab operatsiyalarning mamlakatimiz jarrohlari tomonidan muvaffaqiyatli o‘zlashtirilgani ham ularning mushkulini oson qildi.

Yoshligimdan sog‘lom bo‘lib o‘sganman, – deydi Hamida Sayitqulova. – Homiladorlik davrimda 6 oylik farzandim qornimda nobud  bo‘ldi. Shundan so‘ng buyragimda ham muammolar paydo bo‘la boshladi. Oxiri buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan shifoxonaga murojaat qildim. Akam og‘ir kunimda madad bo‘ldi. Salomatligimga g‘amxo‘rlik qilayotgan hamma yaxshi odamlarga rahmat.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish