Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Mangu hilpirasin yurtim bayrog‘i

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi Sirdaryo viloyatida ham keng nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan viloyat markazi Guliston shahrida ham keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Viloyat markazidagi "Yurt bayrog‘i" maydonida huquq-tartibot idoralari xodimlari, harbiylar, sport, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari jam bo‘ldi.

Dastlab "Yurt bayrog‘i" maydonida davlat madhiyasi yangradi. Viloyat hokimining  birinchi o‘rinbosari Anvar Karimov "Mangu hilpirasin yurtim bayrog‘i" mavzuida maʼruza qildi. Viloyat ijodkorlarining Ona Vatan, Istiqlol, Vatan bayrog‘iga bag‘ishlangan sheʼrlari tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi. So‘ngra Davlat bayroqlari o‘rnatilgan avtomobillar karvoni shahar ko‘chalari bo‘ylab kezdi.  

Davlatimiz bayrog‘i qabul qilingan kunning 31 yilligi viloyatning barcha shahar va tumanlarida ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish