

“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvdan maqsadli va tejamli foydalanish, suv isrof bo‘lishini erta oldini olish, qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tadbirkorlik subyektlarida profilaktik va amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyatida 2023 yil hosili uchun 85 ming 93 gektar yer maydonida boshoqli don ekinlari ekish rejalashtirilgan. Ayni paytda 81 ming 855 yer maydoniga kuzgi boshoqli don ekilishi taʼminlandi. G‘alladan mo‘l hosil yetishtirishning muhim omillaridan biri ekin maydonlarini peshma-pesh sug‘orishdan iborat. Mazkur agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli olib borilishi yuzasidan “O‘zagroinspeksiya”ning viloyat hududiy boshqarmasi va tuman bo‘lim xodimlari tomonidan doimiy monitoring – nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Jumladan, ekin maydonlarini ko‘llatib sug‘orib, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yish, suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, sug‘orish ishlariga yetarli darajada suvchilarni jalb etmay, dalada suvni qarovsiz qoldirish, limitdan ortiqcha suv olish, ajratilgan suvdan boshqa maqsadlarda foydalanish va boshqa shu kabi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzish holatlari aniqlanib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari sohaviy inspektorlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan 2 ming 526 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan.
– Sohaga oid 2 ming 531 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi hamda tegishli taʼsir choralari qo‘llanildi, – deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘jallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi” bosh inspektori Bahodir Mamirov. – Mazkur holatlar bo‘yicha masʼul shaxslarga nisbatan 536 ta holatda 185 million so‘mlik maʼmuriy va 171 holatda 444,6 million so‘mlik moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanildi. 37 holatda to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Bundan tashqari, suv tanqisligi sezilgan hududlarda bir sug‘orish tarmog‘idan foydalanuvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqalar o‘rtasida suvdan navbatlab foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan monitoring tadbirlari o‘tkazilishi natijasida suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish madaniyati darajasi yuksalib, sug‘orish uchun ajratilgan suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanilishi taʼminlanmoqda.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi