Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Prezident sovg‘asi menga katta motivatsiya berdi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika tanlovi yakunlandi. Unda “Eng yaxshi mahalla raisi”, “Eng yaxshi sektor rahbari”, “Eng namunali ish beruvchi ayol”, “Eng yaxshi hokim yordamchisi”, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi”, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

G‘oliblar orasida sirdaryolik akusher-ginekolog, Sirdaryo viloyati perinatal markazi direktori Hanifa Sodiqovani borligi, sirdaryolik tibbiyot xodimlariga, qolaversa uning yaqinlariga quvonch bag‘ishladi.

Bilasizmi, dunyoda kasblar juda ko‘p. Lekin shifokorlik kasbi g‘oyat masʼuliyatli va sharaflidir, – deydi Sirdaryo viloyati perinatal markazi direktori Hanifa Sodiqova. – Shu kasbni tanlab, sira adashmaganimni qalbdan his etdim. Poytaxtimizda O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuniga bag‘ishlangan tantanali bayram tadbirida ishtirok etib, bunga yana bir bor amin bo‘ldim. Bugun quvonchimning chegarasi yo‘q. Menga “Eng namunali ish beruvchi ayol” nominatsiyasi bo‘yicha 2-darajali diplom hamda Prezident sovg‘asi — “Cobalt” avtomobili kaliti topshirilganda, ko‘z o‘ngimdan umr yo‘llarim, kasbdoshlarim, ularning aholi salomatligini saqlash borasida olib borayotgan sharafli va mashaqqatli mehnat faoliyati o‘tdi. Bu mukofot nafaqat meniki, balki jamoamizda fidokorona mehnat qilayotgan men uchun qadrli bo‘lgan hamkasblarimniki deb bilaman. Prezident sovg‘asi menga kelgusi yana-da samarali ishlash uchun katta motivatsiya berdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish