Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sizdan boshlanadi asli tafakkur, aziz muallim!
Har bir yosh avlodni o‘z farzandidek ardoqlab, uning tarbiyasi uchun ko‘z nuri, qalb qo‘ri, butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoyi kasb egalaridir.

Kelajak avlod, ilmga tashna o‘g‘il-qizlarga bilim berib kelayotgan ustoz va murabbiylar bayrami yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Bugun 1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami munosabati bilan viloyat musiqali drama teatriga bir guruh ustoz va murabbiylar jamuljam bo‘lishdi. Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev Prezidentimizning o‘qituvchi va murabbiylariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

Viloyat rahbari tadbir ishtirokchilarini tabriklar ekan, keyingi yillarda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyatimiz hayotidagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, ta’lim tizimini zamon talablari asosida tashkil etish bo‘yicha ulkan islohotlarni amalga oshirilayotganini ta’kidlab, muhtaram Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda muallimning obro‘-e’tibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obro‘-e’tibori ekanligini, - aytdi.

Zahmatkash va mehribon ustozlarimiz uchun viloyat musiqali drama teatri qoshida tashkil etilgan simfonik orkestrning teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Shundan so‘ng bayram tadbiri qutlovlar, xushovoz xonandalarning sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlariga ulanib, «Marvarid» tantanalar uyida davom etdi. Soha rivoji uchun kamarbasta bo‘lgan xodimlardan bir guruhiga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish