Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
"El-yurt umidi" jamg‘armasi tomonidan o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etildi
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining 2022 yil 12 sentyabrdagi 5-sonli bayoniga muvofiq xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida taʼlim olish uchun 2022 yilgi 3-stipendiya tanlovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur stipendiya tanlovlariga oid yangiliklarni idora va tashkilotlarda keng targ‘ib etish, shuningdek, iqtidorli va istiqbolli, ayniqsa hududlardan yosh mutaxassislarni tanlovlarga jalb qilish, Jamg‘arma ochiq stipendiya tanlovlarini o‘tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo‘nalishlar, tanlovni tashkil etish mexanizmi hamda elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni nomzodlarga to‘liq yetkazish maqsadida onlayn amaliy-uslubiy seminar o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali va “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamkorligida videokonferensaloqa shaklda o‘tkazilgan seminarda mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlik, idoralarning hududiy bo‘linmalari xodimlari, OTMlar talabalari va maktab bitiruvchilari ishtirok etdi.

Ushbu seminarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali masʼul xodimlari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi direktori o‘rinbosari Javohir Ahmedov ishtirok etib, jamg‘arma ish faoliyatining mazmun-mohiyati, bugungi kunda jamg‘arma tomonidan yoshlarga ajratilayotgan xorijiy grantlar xususida, bundan tashqari, stipendiya tanlovlarining yangi talablari to‘g‘risida maʼlumotlar berishdi.

Seminarlar o‘zaro savol-javoblar bilan qizg‘in davom etdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish