“Komstok qurti”. Bu hasharot eng xavfli hammaxo‘r zararkunandalardan biri bo‘lib, O‘zbekistonda ichki karantin zararkunandalar jumlasiga kiradi va 300 xil o‘simliklarni zararlaydi. Mevali daraxtlardan, ayniqsa, anor, behi, olma, nok, shaftoli, shuningdek, tut daraxtlariga kuchli darajada zarar keltiradi. Yetishtirilayotgan hosilning asosiy qismi yo‘qotilishiga va sifatining buzilishiga olib keladi hamda Komstok qurti karantin zararkunanda bo‘lgani uchun anor mevasining chet davlatlarga eksport qilinishiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
Shu bois ham bog‘larda yetishtirilayotgan anor mevalarining fitosanitar holatini taʼminlash muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda O‘simliklar karantini va himoyasi Agentligi tomonidan anor mevalariga jiddiy zarar yetkazuvchi “Anor mevaxo‘ri va “Komstok qurti” kabi zararkunanda hasharotlarga qarshi uyg‘unlashgan tartibda kurash olib borish uchun joriy yilning 14-sentyabridan 7-oktyabriga qadar “Dolzarb 15 kunlik” eʼlon qilindi.
— “Dolzarb 15 kunlik” doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi Guliston tumani bo‘limi davlat isnpektorlari tomonidan aholi tomorqlaridagi hamda fermer xo‘jaliklaridagi anor va xurmo bog‘larida fitosanitar dala nazorati tadbirlari olib borilmoqda va zarakunandalarga qarshi biologik hamda kimyoviy usulda kurash choralari to‘g‘risida tushuncha va tavsiyalar berib kelinmoqda, — deydi O‘simliklar karantini va himoyasi Guliston tumani bo‘limi rahbari Dilshod Hayitqulov.
Olib borilayotgan bu kabi tadbirlar o‘z navbatida mevali bog‘larda fitosanitar anor mevalarining pishib yetilishida hamda dunyo bozorida keng o‘rin egallashida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi