Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyatimizda Qirg‘iziston kino kunlari
Maʼlumki, mamlakatimiz bo‘ylab “Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tmoqda.

Kinofestival davomida hududlarda kino kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugun viloyat musiqali drama teatrida “Qirg‘iziston kino kunlari” tashkil etildi.

Ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari Shohruh Isaqulov, Qirg‘iziston delegatsiyasi aʼzolari, sanʼat namoyondalari hamda viloyatimizdagi kino ixlosmandlari ishtirok etishdi.

So‘z olganlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va saʼy-harakatlari bilan barcha sohalarda bo‘lgani kabi kinematografiya yo‘nalishida ham hamkorlik munosabatlari kun sayin yangi bosqichga chiqayotganini taʼkidlashdi.

Shundan so‘ng delegatsiya tarkibida viloyatimizga kelgan sanʼatkorlar, kino ustalari birma bir tanishtirildi. Ular sirdaryocha mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildirdilar. Shundan so‘ng qirg‘izistonlik kino ijodkorlar tomonidan suratga olingan “Ko‘pkari” badiiy filmi ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi.

Shuningdek, yig‘ilganlar eʼtiboriga O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi yosh ijrochilari tomonidan tayyorlangan kichik konsert dasturi namoyish etildi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar, kino sanʼati ustalari viloyatimizning diqqatga sazovor joylari, xususan, Guliston tumanidagi "O‘lkashunoslik muzeyi"da ham bo‘lib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Delegatsiya aʼzolarining viloyatimizga tashrifi ertaga ham davom etadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish