Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +13.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Guliston tumanida "Tibbiyotdagi islohotlar: Inson qadri uchun" tamoyili asosida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Tumandagi "Yoshlar bog‘i"da viloyat hokimi o‘rinbosari Otabek Nosirov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mutasaddilari tomonidan aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Shuningdek, tumanining olis, chekka hududi hisoblangan “Boyovut” mahallasida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, boshqarma tizimidagi viloyat davolash profilaktika muassasalarining oftalmolog, kardiolog, endokrinolog, nevropatolog, terapevt, akusher-ginekolog, onkolog, urolog, xirurg, travmatolog, pediatr, bolalar nevropatologi, dermatolog, ona va bola skrining markazining mutaxassislari hamda tuman tibbiyot birlashmasining tor soha mutaxassislari jalb qilindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish