Ko‘z tizimdagi oddiygina muammo sabab, yorug‘ jahonni, yaqinlarimizni ko‘ra olmay qolishimiz mumkin. Bunga, chor atrofimizni qamrab turgan ranglar ham, o‘z taʼsirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
Natijada ko‘zimizda kutilmagan o‘zgarishlar yuz bera boshlaydi. Oldiniga unchalar ham ahamiyat qaratmaymiz. Muammo, qachonki chuqurlashsagina oftalmologlarga murojaat qilamiz.
Ayni vaqtda, Sirdaryoda istiqomat qilayotgan aholining kattagina qismini ko‘z sohasi bilan bog‘liq muammosi bor. Katarakta, glaukoma, g‘ilaylik va hokazo kasalliklar esa so‘ngi paytlarda ko‘paygan. Uni oldini olish va davolash maqsadida Sirdaryoda Respublika ixtisoslashtirilgan Ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Sirdaryo filiali oftalmologlari tomonidan ko‘z, insonning noyob aʼzosi bilan bog‘liq yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari yo‘lga qo‘yildi.
Birgina, joriy yilning o‘zida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan tuzilgan ikki tomonlama shartnomaga binoan 400 ga yaqin fuqaroda ana shu aʼzo bilan bog‘liq, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. 12 mingdan ortiq bemorga tibbiy maslahatlar berildi.
— Hozirgi zamon tibbiyoti, oftalmologiya yutuqlari ko‘z xastaliklarini davolashda moʻjiza yaratmoqda, - deydi Sirdaryo viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasi bosh shifokori, oliy toifali oftalmolog Rasul Karimov. — Yaʼni, turli jarrohlik amaliyotlari o‘rniga ultratovushda, kesmasdan, choksiz davolash usullari amalga oshirilyapti. Avvallari katarakta kasalligida ko‘z butkul ko‘rmay qolgandagina operatsiya qilinardi. Aslida o‘z vaqtida o‘tkazilmagan amaliyot bemorda turli asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda esa mikrojarrohlik texnikalari takomillashishi natijasida mazkur amaliyotni ko‘z xiralashishining dastlabki bosqichida qo‘llash, ko‘plab noxushliklarni oldini barvaqt olish imkonini bermoqda. Shunday ekan, bemor o‘zida ko‘z kasalliklarining biror bir alomatini sezishi bilan shifokorga murojaat etishi, maxsus tekshiruvlardan o‘tib, istalgan vaqtda davolanishi mumkin. Buning uchun bizda, yaʼni shifoxonamizda yetarlicha sharoit va imkoniyatlar bor.
Ayni vaqtda, Sirdaryo viloyat ko‘z kasalliklari shifoxonasida, shifoxonaning tajribali oftalmologlari, Rasul Karimov, Ulug‘bek Karimov, Komiljon Xolyigitov, Zokirjon Muhiddinov, Firuz Saidqulov, Mansur Bobonazarovlar tomonidan katarakta, glaukoma, ko‘z yosh yo‘llari, g‘ilaylik, qolaversa har xil jarohatlar, ayrim kosmetik operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. Bunda Respublika ixtisoslashtirilgan Ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaz direktori, professor Azamat Yusupov va uning qo‘l ostida ishlayotgan malakali mutaxassislar bilan o‘rnatilgan hamkorlik aloqalari qo‘l kelmoqda. Bu esa, ushbu turdagi kasalliklarni Sirdaryoda barvaqt aniqlash va davolash imkonini bermoqda.
104,9 %
2023 yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
97,1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
904 865 kishi %
2023-yilning yanvar oyi holatiga
100,9 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
104,5 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi
109.1 %
2023-yilning yanvar–iyun oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan foizi