Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +13.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyatimiz vakili Prezident sovrini uchun belbog‘li kurash bo‘yicha Jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi
Joriy yilning 8-12 sentyabr kunlari Namangan viloyatida belbog‘li kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun erkaklar va ayollar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkazildi.

Chempionatda Gruziya, Belarus, Belgiya, Eron, Isroil, Rossiya, Ruminiya, Ukraina, Pokiston, Xitoy, Italiya, Turkiya, KamerunShvetsiyaMoldova, Hindiston, Mo‘g‘ulistonLatviyaEstoniya va Qozog‘iston kabi qator davalatlardan 300 nafardan ortiq sportchilar g‘oliblik uchun bellashishdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan xovoslik sportchilarmiz Sevinch Tovbayeva 58 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana bir sportchimiz Baxtiyor Jumaboyev +100 kg vazn toifasida oltin medal hamda Prezident sovrini — 10 million so‘m pul mukofoti sohibiga aylandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish