Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sardoba tumanining olis hududlarida elektr energiyasi taʼminoti yaxshilanmoqda

2022 yilgi "Obod qishloq" va "Obod mahalla" davlat dasturi ijrosi doirasida tumandagi "Fayzliobod" va “Zomin” mahallalarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlashga qaratilgan ish-jarayonlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

Bugungi kunga qadar “Zomin” mahallasida 150 dona yangi temir-beton ustunlar o‘rnatilib, 7 km 520 metr masofadagi havo tarmog‘iga zamonaviy SIP kabellari tortilgan. "Fayzliobod" mahallasi hududida esa 154 dona ustunlar o‘rnatilib, 8 km 570 metr uzunlikdagi SIP tarmoqlari yangidan tortildi.

Shuningdek, ushbu ikki mahallaga turli quvvatdagi 5 dona yangi transformator punktlari o‘rnatilgani mahallalardagi isteʼmolchilarga elektr energiyasi ishonchli va bir maromda yetkazib berilishiga xizmat qilmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish