Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayyor qabul: Murojaatlar kelgusi yil dasturlarini oldindan belgilab olish uchun asos bo‘ladi
Boyovut tumani markazidan 20 kilometr uzoqlikda, joylashgan “Paxtakor” mahallasida yashovchi 2 ming 100 nafarga yaqin aholi shu kunga qadar ijtimoiy-iqtisodiy sohalar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari jabhalaridagi muammo va kamchiliklardan aziyat chekib kelayotgan edi. Mamlakatimizning olis va chekka manzillaridagi ana shunday qishloq hamda ovullarda yig‘ilib qolgan muammolarni hal etish, odamlarga munosib hayot sifati, turmush sharoitini yaratib berish borasida muhtaram Prezidentimi topshiriqlari asosida olib borilayotgan keng qamrovli amaliy ishlar “Paxtakor” mahalla fuqarolar yig‘inida ham o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata boshladi.

Bu borada bajarilayotgan ishlar mantiqiy ketma-ketlikda, puxta reja asosida amalga oshirilmoqda. Mahalla va qishloqlar obodligi, avvalambor, ko‘chalar, xonadonlar obodligidan boshlanadi. Shu boisdan tuman mahalliy byudjeti hisobidan mahalladagi Mirzo Ulug‘bek, Oltin Vodiy hamda Voha ko‘chalarida tosh-shag‘al yotqizildi, tozalash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini bajarishga eʼtibor qaratildi. 

“Paxtakor” mahallasida 2023 yil “Obod qishloq” dasturi asosida yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar bajarilishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy soha obyektlariga keladigan bo‘lsak, qariyb 150 nafar qishloq bolalari taʼlim-tarbiya oladigan 26-maktabgacha taʼlim tashkiloti Jahon taraqqiyot bankining “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” dasturi asosida yangitdan bunyod etilmoqda. Rejaga ko‘ra 2,6 milliard so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy ko‘rinishga keltiriladigan ushbu maktabgacha taʼlim tashkiloti joriy yil oktyabr oyining yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi belgilangan. 

Baxmal ko‘chasi 30-uyda yashovchi Abdujabborova Saodat ham tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi yangicha yondashuv natijasida “Har bir oila - tadbirkor” dasturi asosida 30 million so‘m imtiyozli kredit olib, issiqxona barpo etdi. Eng muhimi, o‘zi va oila aʼzolarini mana shu issiqxonada ish bilan band qilib, ro‘zg‘origa baraka kirityapti.

"Inson qadri uchun" degan ezgu tamoyilni amalda o‘z ifodasini topishida mahallalarda aholi bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazish, ularning qiynab kelayotgan ijtimoiy muammolarni doimiy ravishda o‘rganib borish alohida o‘rin tutadi.  

Kuni kecha Boyovut tumani hokimi, 1-sektor rahbari Dilfuza Uralova mazkur mahalla aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabul davomida tuman hokimi fuqarolar bilan birma-bir suhbatlashib, ularning dardu tashvishini, qiynayotgan muammolarini tingladi. Mahalladagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarini o‘rgandi. 

Qabulda ko‘tarilgan masalalar alohida sinflarga ajratilgan holda kelgusi yildagi dasturlar va amalga oshiriladigan chora-tadbirlarda inobatga olinishi uchun "yo‘l xaritasi" ishlab chiqildi. Fuqarolarning shaxsiy masalalari esa belgilangan muddatlarda, tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqilish va murojaat egalariga qo‘shimcha axborot berilishiga kelishib olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish