Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +13.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Safina Sadullayevaning yana bir g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilib madhiyamiz yangradi

Kuni kecha Vengriyaning Budapesht shahrida yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turniri yakunlandi.

Dunyoning eng kuchli atletlari qatnashgan mazkur musobaqada yengil atletikaning balandlikka sakrash bahslarida viloyatimiz sportchisi Safina Sadullayeva yana g‘alaba qozondi.

“Tokio-2020” Olimpiadasi ishtirokchisi, Islom birdamligi o‘yinlari g‘olibi bo‘lgan mahoratli sportchimiz Budapesht Gran-prisida o‘z chiqishini 1,90 metr bilan boshladi va ikkinchi urinishda ushbu balandlikni zabt etgan holda musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Shu munosabat bilan bugun viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi masʼullari S.Sadullayevaning xonadonlarida bo‘lib, uning onasi G.Razagbergenova hamda murabbiyi R.Zayagurovalarga viloyat hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini topshirishdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish