Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +13.1C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sardobalik dehqonlar tomonidan yetishtirilgan qovunlar Qozog‘iston va Germaniyaga eksport qilmoqda

Sirdaryoda yetishtirilgan qovunlar taʼmi tilni yorar darajada shirin ekanligi juda ko‘p bora eʼtirof etilgan. Xalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navlari mavjud bo‘lsa, sirdaryoliklar asosan Oqurug‘, Bo‘rikalla, Ko‘kcha va Obi novvot kabilar navlari eng ko‘p ekiladi.

Tabiati, iqlim sharoiti, mahalliy dehqonlarning qovun yetishtirish va uni saqlash borasidagi asriy anʼanalari jihatidan O‘zbekiston qovun eksporti bo‘yicha jahon bozorida yetakchi o‘rinlarni egallash salohiyatiga ega.

Sardoba tumanida ana shunday anʼana va tabiiy shart-sharoitlardan foydalangan holda qovun yetishtirilib, chet davltlarga eksport qilinib kelinmoqda. Yil boshidan buyon tumanda Qozog‘iston va Germaniya davlatlariga “PAXTAOBOD INVESTOR-2022” MCHJ tomonidan 264 ming AQSH dollarilik, “UZ-SEGANG SIRDARYO” MCHJ tomonidan 577 ming AQSH dollarilik qovun mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish