Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda “Bir nuroniy o‘n yoshga masʼul” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan nizomga asosan, “Bir nuroniy – o‘n yoshga masʼul” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Unda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib deb topilgan 11 nafar faol nuroniylar yoshlar bilan ishlash yuzasidan o‘z tajribasi va mahoratini namoyon etdilar.

«Bir nuroniy o‘n yoshga masʼul» tamoyili asosida tajribali nuroniylarga tarbiyasi og‘ir, profilaktik hisobda turgan, ish bilan taʼminlanmagan yoshlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalar biriktirilgan. Katta hayot va kasb tajribasiga ega otaxon-onaxonlar tomonidan bu yoshlar o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, yakka tartibdagi suhbatlar o‘tkazilmoqda. O‘z navbatida, yoshlar muammolarini hal etishga amaliy yordam ham ko‘rsatmoqdalar.

Bugungi tanlovda nuroniylarning ana shunday faoliyatiga xolisona baho berildi. Ishtirokchilar yoshlarni tarbiyalashdagi faoliyati, ish tajribasi hamda namuna qilib ko‘rsatishga arzirli ish uslublarini to‘laqonli namoyish etdilar.

Ko‘rik-tanlovda 1-o‘rinni Guliston shahridan Xudoynazar Mavlonqulov egalladi. U tanlovning shu yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, tanlovda 2-o‘rin Shirin shahridan Raʼno Rahmonqulovaga, 3-o‘rin Guliston tumanidan Rustam Atakishiyevga nasib etdi.

Ko‘rik-tanlovning tantanali ochilish va taqdirlash marosimida “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, jamg‘arma raisi o‘rinbosari Sharof Ubaydullayev hamda viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev qatnashdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish