


Davlatimiz rahbarining joriy yil 19 yanvarda qabul qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yoshlar bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilib, samarali faoliyat olib bormoqda. Xususan, viloyatdagi 236 mahalla fuqarolar yig‘inlarining barchasida yoshlar yetakchilari tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan tanlov yoshlarga oid davlat siyosatini samarali tashkil etish, yoshlar yetakchilarining ma’naviy saviyasi va bilimini oshirish orqali mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhit rivojiga hissa qo‘shish, yoshlarda Vatanga muhabbat, xalqimizga sadoqat tuyg‘ularini tarbiyalashni qo‘llab-quvvatlash hamda bu boradagi yetakchilar ish tajribasini ommalashtirish va ularning mehnatini munosib rag‘batlantirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
Tanlovning ochilish marosimida so‘z olganlar yoshlar yetakchilari mahallalarda katta kuch ekanini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlov yakuniga ko‘ra, Guliston shahar “Bo‘ston” mahallasi yetakchisi Baxodir Abdullayev birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shirin shahar “Mirzo Ulug‘bek” mahallasi yetakchisi Shahzod Tojiqulov ikkinchi, Oqoltin tumani “Obod” mahallasi yetakchisi Jasur Usmonov uchinchi o‘rinni egalladi.
Gʻoliblar tashkilotchilarning diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi