Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +22.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga jalb etiladigan xodimlar xususida 

Mamlakatimizda aholini roʻyxatga olish 2023-yil 1-25-noyabr kunlari oʻtkaziladi va roʻyxatga olish boshlanishining aniq payti 2023-yil 1-noyabr soat 00.00 etib belgilanadi. Roʻyxatga olishni oʻtkazish davomiyligi – 25 kun.

2022-yil 1-iyuldan 2024-yil 1-yanvargacha Respublikamizning barcha tuman va shaharlari miqyosida aholini roʻyxatga olish boʻlimi tashkil etiladi. Unda dastlab boʻlim boshligʻi va oʻrinbosari ish faoliyatini boshlaydi.  2023-yil 1-yanvar xolatiga kelib yana bitta xodim qoʻshib beriladi. 

Aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga vaqtinchalik jalb qilinadigan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Statistika Qoʻmitasining guvohnomasi beriladi hamda maxsus kurslarda oʻqitiladi.

Oʻqitish davomida aholini roʻyxatga olishning maqsad va vazifalari, roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, roʻyxatga olish hujjatlari tarkibi va uni toʻldirish tartibi, shuningdek, roʻyxatga oluvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalarini oʻrgatiladi. Texnika xavfsizligi, uy-joy roʻyxatini tuzuvchilar tomonidan shahar, shahar tipidagi aholi punkti, qishloq aholi punktlaridagi uy-joylar va binolar roʻyxatini tuzish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtiladi. Respondentlar soʻrovini oʻtkazish, kelib chiqadigan barcha qiyinchiliklarni aniqlashtirish bilan muammoli masalalarni muhokama qilish boʻyicha tushunchalar beriladi. Oʻqitilgan xodimlarning maʼlumotlarni oʻzlashtirganligi boʻyicha nazorat qilish ishlari tashkil etiladi.

2022-yil 1-avgustdan 1-sentyabrgacha bino va uy-joylar roʻyxatini tuzish uchun hududlardan xodim jalb etiladi.

Uy-joy roʻyxatini tuzuvchilar oʻz uchastkasini xatlovdan oʻtkazish davomida respondentlar yashaydigan (vaqtincha boʻlib turgan) yoki yashashi mumkin boʻlgan barcha binolar roʻyxatini aniqlaydi, kartografik materiallarni tekshiradi. Ularga tegishli belgi qoʻyadi va zarur hollarda oʻzgartirishlar kiritish uchun kadastr idoralariga taqdim etadi.

Bu toifadagi xodimlar statistika organlari, uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari, kadastr idoralari va boshqa tegishli tashkilotlar xodimlari orasidan tanlab olinadi hamda tuman va shahar hokimliklari tomonidan hududiy statistika organlari bilan birgalikda shartnoma asosida haq toʻlanadi.

Oʻz navbatida roʻyxatga oluvchi xodimlarga ham oʻquv kurslari tashkil etiladi. Soʻng maxsus guvohnoma va kiyim (nimcha, sharf, bosh kiyim va boshqalar boʻlishi mumkin), roʻyxatga olish instrumentlari (roʻyxatga olish varagʻi shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlari, roʻyxatga olish varagʻi shakllarining zaxira toʻplami va kanselyariya buyumlarini olib yurish uchun sumka) bilan taʼminlanadi.

Shuningdek, aholining ayrim toifalarini roʻyxatdan oʻtkazuvchi tashkilotlarning vakolat berilgan xodimlari ham roʻyxatga olish varagʻi shakllari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlari hamda kanselyariya buyumlarini olib yurishga moʻljallangan sumka bilan taʼminlanadi.

Viloyat Statistika Boshqarmasi 
Roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻlimi

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish