Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Tashabbusli byudjet”: Boyovutda yarim yillik sarhisob
Mamlakatimizda mahalliy byudjet mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish amaliyoti bosqichma-bosqich amalga tatbiq etib kelinmoqda.

Moliya vazirligi 2021 yil yozida davlat byudjeti va qarzini shaffoflashtiruvchi yangilangan “Ochiq byudjet” (openbudget.uz) platformasini ishga tushirgan edi.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida ham o‘tgan bir yil davomida fuqarolarning ko‘plab tashabbuslari ushbu tizim asosida moliyalashtirildi.

“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”ga jamg‘arilgan mablag‘lardan Boyovut tumanida 2021 yilda o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonidan 19 mln. 450 ming so‘m miqdorida qoldiq qolgan.

Joriy yilda o‘tkaziladigan “Tashabbusli byudjet” loyihalarini moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqqan holda joriy yil uchun tasdiqlangan tuman mahalla byudjeti mablag‘larining 5 foizining yarmidan kam bo‘lmagan, yaʼni 2 mlrd. 945 mln. so‘m mablag‘, mahalliy byudjetning 2021 yil 3-choragi daromadlarining xarajatlardan oshirib bajarilgan qismidan 185 mln. 400 ming so‘m, mahalliy byudjetning erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 241 mln. 500 ming so‘m, hammasi bo‘lib 3 mlrd. 371 mln. 900 ming so‘m jamg‘arildi.

Bundan tashqari Prezidentimizning 2022 yil 7 apreldagi “Tuman va shahar byudjetlari mablag‘larini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarga yo‘naltirish jarayonlarida fuqarolarning ishtirokini yana-da qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan har biri 2 mingtadan ko‘p ovoz to‘plagan 3 taklif uchun qo‘shimcha ravishda 2 mlrd. 940 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.

Natijada tumanning “Tashabbusli byudjet” jamg‘armasida hammasi bo‘lib 6 mlrd. 311 mln. 900 ming so‘m mablag‘ shakllantirildi.

Joriy yilning 1-yarim yilligida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayonlarida fuqarolarning eng ko‘p ovoz to‘plagan 6 ta taklifi g‘olib, deb topildi. Ushbu takliflarning 5 tasini moliyalashtirish uchun 5 mlrd. 321 mln. 900 ming so‘m yo‘naltirildi. Hududgaz Sirdaryo gaz taʼminotining 2022 yil 23 apreldagi xulosa xatiga asosan Markaz mahallasini gazlashtirish taklifi rad etilgani hisobiga 990 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘ jamg‘armaga qaytarildi.

Hozirgi kungacha tadbirlarni amalga oshirayotgan pudratchi tashkilotlarga bajarilgan ishlar uchun 473 mln. 800 ming so‘m mablag‘ to‘lab berildi. Shundan 449 mln. 900 ming so‘mi 2 ta taklif 8- va 37-umumtaʼlim maktablarning joriy taʼmiri uchun pudrat tashkilotlariga to‘langan mablag‘ hisoblanadi. Qolgan mablag‘ pudratchilar tomonidan bajarilgan ishlarga muvofiq bosqichma-bosqich to‘lab boriladi. Shu bilan birga “Maʼnaviyat” mahallasidagi ichki yo‘llarni taʼmirlash bo‘yicha 1 ta taklifni loyihalashtirish va uni ekspertizadan o‘tkazish xarajatlari uchun 23 mln. 300 ming so‘m mablag‘ to‘lab berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish