



Davlatimiz rahbarining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan adliya tizimi ixchamlashtirildi. Farmonga asosan tumandagi davlat xizmatlari markazlari, FHDYO organlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tuman adliya bo‘limlari bilan birlashtirilib yagona Adliya bo‘limlariga aylantirildi va ular bitta binoda faoliyat yuritadi.
Ishchi guruh Boyovut tumanida yangi bunyod etilgan Adliya bo‘limi binosiga tashrif buyurdi hamda adliya, FHDY, DXM va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati va bo‘limda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishishdi.
Shundan so‘ng adliya organlari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, xususan, targ‘ibot tadbirlari, davlat xizmatlari va huquqiy xizmatlar ko‘rsatilishi yuzasidan Adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Sattarovning axboroti tinglandi.
Adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi