Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +30.6C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sayxunobodda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
Bugungi kunda Respublikamizda qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini tejamkor texnologiyalar yordamida sug‘orish hukumatimizning ustuvor va dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Shu bois barcha viloyatlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish, undan oqilona foydalanishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida 31 264 gektar sug‘oriladigan dala maydonining 10 000 gektar yer maydonida paxta yetishtirilmoqda. Shundan 839 gektar paxta maydonlariga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish bo‘yicha shartnoma qilingan bo‘lib, hozirgi kunda 500 gektar paxta maydoniga suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda. 

Bugun “Poly Tex Sirdaryo” MCHJ klasterining dala maydonida Quyi Sirdaryo ITHB boshqarmasining masʼullari va suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatish bo‘limi mutaxassislari ishtirokida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tasarrufidagi tashkilotlar, tuman irrigatsiya bo‘limlari xodimlari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

O‘quv seminarda dastlab Quyi Sirdaryo ITHB boshlig‘i Shavkat Isroilov Davlatimiz rahbarining joriy yil 28 yanvarda qabul qilingan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda 1 mart kuni qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligida suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi haqida batafsil maʼlumot berib o‘tdi.

 - Hukumatimiz tomonidan tejamkor texnologiyalardan keng foydalanish uchun keng imkoniyatlar, imtiyozlar yaratilib berilmoqda, - dedi boshqarma boshlig‘i Shavkat Isroilov. - Ayniqsa paxta ekin maydonlarini sug‘orish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hukumatimiz tomonidan subsidiyalar ajratilishi xar bir fermer va dehqon uchun katta imkoniyat bo‘lib turipdi. Ushbu imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanib, kam xarajat qilib, hosidorlikni yana-da oshirish barchamizning oldimizdagi muhim vazifadir.

 Suv xo‘jaligi vazirligi suv tejovchi texnologiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi Nodir Xudoyberdiyev,viloyat Agroinspeksiya masʼul xodimi Mamarasul Do‘stmurodov, “Poly Tex Sirdaryo” MCHJ klasteri rahbari Durbek Abduraxmonovlar suv tejovchi texnologiyalarning aynan hozirgi davrning sharoitiga mos keluvchi texnologiyaning imkoniyatlari va undan samarali foydalanish usullari haqida o‘zlarining fikrlarini bayon etdilar. Tanqidiy ruxda o‘tgan seminarda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan kelishib olindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish