Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sirdaryoda test sinovlari markaziy stadionda bo‘lib o‘tadi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasining 1-son bayoniga asosan, 2022-2023-o‘quv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilangan.

Mazkur o‘quv yilida Sirdaryo viloyatida test sinovlari Guliston shahridagi Markaziy o‘yingohda o‘tkaziladi (Manzil: Guliston shahri, 1-mavze, Sayqal mahallasi, Alisher Navoiy ko‘chasi).

Viloyat hokimligi, Davlat test markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda markaziy stadionga 1500 ta (50 ta guruh uchun) stol va stullar guruhlarga ajratilgan holda to‘liq joylashtirildi.

Hozirda, tegishli mutaxassislar tomonidan hududga kirish joylari hamda guruhlarga kameralar o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish