Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Sirdaryo IES” ishchilarining mehnat sharoitlari yana-da yaxshilanmoqda
Hayotimizni elektr energiyasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ammo elektr tokini ishlab chiqarish uchun necha minglab odamlarning fidokorona mehnatlari, kunni-tunga, tunni-tonga ulab ishlashlarini hech tasavvur etib ko‘rganmisiz?

Biz xonadonimizdagi elektr tokini birgina tugmani bosish orqali yoqamiz, buning ortidagi mehnatni esa o‘ylab ham o‘tirmaymiz.

Bugungi kunda 2000 nafardan ziyod ishchi-xodimlar mehnat qilayotgan O‘rta Osiyodagi eng yirik korxonalardan biri bo‘lgan “Sirdaryo IESAJ tomonidan ana shunday fidoiy energetiklarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oya asosida, korxonada joriy yil boshidan buyon qulay mehnat sharoitlarini yaratish choralari ko‘rilmoqda. Unga ko‘ra, korxona xo‘jalik binosi, oshxona, maʼmuriy bino, qirg‘oq nasos stansiyalari yangicha ko‘rinish kasb etdi.

Jumladan, hozirga kelib 500 dan ortiq xodimga mo‘ljallangan erkaklar markaziy yuvinish xonasi taʼmirlanib, 1250 m2 kafel plitasi yotqizildi, 26 ta yuvinish xonasi yangi zamonaviy moslamalar bilan jihozlandi. Kiyim almashtirish xonasidagi 300 ta shkaf yangisiga almashtirildi. Zinalarga 33 metr ofisni panjara (zanglamaydigan po‘latdan yasalgan truba), 27 ta eshik va to‘siqlar o‘rnatildi. Yangi plastik profildagi deraza romlariga maxsus oynalar o‘rnatildi. Havo almashish tizimi to‘liq yangilandi. Korxona binolaridagi barcha mavjud xo‘jalik tizimlari taʼmirlandi va zarur qulayliklar yaratildi.

Stansiyaning Yoqilg‘i transport sexida esa bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. Bu yerdagi xodimlarning sharoitlarini yana-da yaxshilash maqsadida erkaklar va ayollar uchun kiyinish xonalari, oshxona va ovqatlanish zallari, maʼnaviyat xonalari ham butkul yangi qiyofaga keltirilmoqda.

Korxonaga kirib kelishdagi asosiy binoning devorlari “alyukobond” materiallari bilan qoplanib, bugungi kun talablariga mos ravishda taʼmirlandi.

Ishchi-xodimlarning salomatliklarini tiklashi uchun stansiyaning ichki hududidagi mavjud “Sog‘lomlashtirish maskani” taʼmiri ham eʼtiborda.

Bu yil sirdaryolik nurchilar korxonaning birinchi energoblogi ishga tushirilganligi va uning 50 yillik yubileyini keng nishonlaydi. Faoliyatini 1972 yilda 1-energoblokning ishga tushirilishi bilan boshlagan stansiyada, hozirda 10 ta energoblok aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun barqaror ishlab turibdi.

Xalqimiz turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning muhim elementi sanalgan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilarini munosib rag‘batlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash dolzarb masalalardan biriga aylangan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish