Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +30.6C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Xovos tumanidagi IES qurilishi jarayoni ko‘zdan kechirildi
Maʼlumki, qurilishda seysmologiya va zamonaviy arxitektura talablariga alohida eʼtibor berish eng asosiy talab hisoblanadi.

Ushbu talablarga to‘liq rioya etilishi esa bunyod bo‘layotgan bino-inshoot yoki ishlab chiqarish obyektining uzoq yillar xizmat qilishida muhim o‘rin tutadi.

Xovos tumanidagi yangi barpo etilayotgan issiqlik elektr stansiyasidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishish ham ayni shu maqsadda tashkil etildi.

Unda tuman hokimi va Sirdaryo viloyati Qurilish nazorat inspeksiyasi xodimlari birgalikda qilinayotgan ishlarni o‘rgandi.

O‘rganishda, qurilish ishlarini o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli amalga oshirish, qurilish obyektlarida tasdiqlangan loyiha hujjatlari, amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari hamda qo‘llanilayotgan qurilish materiallari va buyumlarini qoidalar hamda standartlarga rioya etilishiga alohida eʼtibor berildi.

Maʼlumot o‘rnida, qiymati 150 million AQSH dollari bo‘lgan 220 megavatt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi 7 gektar yer maydonni egallagan. Uning ishga tushirilishi bilan 80 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan. Qurilish davrida esa 450 ta ishchi kuchidan foydalanilmoqda. Yillik ishlab chiqarish quvvati 1,76 milliard kilovatt soatni tashkil etadi. Buning uchun yillik 385 million metr kub tabiiy gaz talab etiladi. Odatiy stansiyalarga nisbatan 150 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish