Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +22.7C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryoda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bilan bog‘liq ishlar muhokama qilindi
So‘nggi paytlarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada ko‘tarish, aholini tibbiy tizimga emas tibbiy tizimni aholiga yaqinlashtirish borasida izchil qadamlar tashlandi.

Shu maqsadda dunyodagi ko‘pgina rivojlangan davlatlarda tatbiq etilgan, aholiga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatishning yangi usuli - davlat tibbiy sug‘urta tizmi bilan bog‘liq ishlarni yurtimizda ham joriy etish, aholiga namunali va kafolatlangan paket doirasida xizmat ko‘rsatish ishlari tajriba sinov tarzida boshlab yuborildi.

Respublikamizda ilk bor sinov tariqasida davlat tibbiy sug‘urta tizimini joriy etish, aholiga belgilangan tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi ishlar Sirdaryo viloyatida yo‘lga qo‘yilib, ayni vaqtda o‘z natijasini bera boshladi.

Bugun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashabbusi bilan Sirdaryoda "Tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishining yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish" mavzusida Sirdaryoda kengaytirilgan seminar o‘tkazilib, unda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar muhokama etildi.

Kengaytirilgan yig‘ilishda Prezidentning davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Laziz To‘ychiyev, sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi ijrochi direktori Farrux Sharipov, Sirdaryo viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Dastlab ular, Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Guliston shahridagi 4-sonli oilaviy poliklinikada bo‘lishib, yangi mexanizm asosida yo‘lga qo‘yilgan tibbiy xizmat turlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, Sirdaryo viloyat hokimligining "Qabullar uyi"da kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, yig‘ilishda yangitdan joriy etilgan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr yuritildi, yo‘l qo‘yilgan kamchilik va muammolar muhokama etilib, tadbir tashkilotchilari tomonidan soha xodimlariga muhim topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish