Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +25.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Sirdaryo viloyatida Respublika amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi
Viloyati markazi bo‘lgan Guliston shahrida “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirish — ustuvor vazifa” nomli Respublika amaliy o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu noan’anaviy tarzda tashkil etilgan seminarda barcha viloyatlarning xalq ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdi. 

Seminarni viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Otabek Donabayev kirish so‘zi bilan ochib, umumta’lim maktablarining pedagog kadrlari sifat tarkibini yaxshilash maqsadida o‘qituvchilarning bilim saviyasi, kasb mahoratini oshirish, yuqori malakali, o‘z ustida doimiy ishlaydigan muallimlar faoliyatini yangi yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, mahoratli pedagoglar tajribasidan samarali foydalanib, ularning o‘qitish metodikasini ommalashtirish borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidladi.

Seminar davomida mehmonlar shoʻbalarga bo‘linib, o‘qituvchilar bilim darajasini oshirish uchun maxsus platforma “Sirdaryo tajribasi” bo‘yicha amaliy va noan’anaviy tarzda tashkil etilgan darslarda ishtirok etishdi va o‘zaro tajribalar almashishdi.

Misol uchun, Guliston tumanining ustozlari ishtirokidagi ”Mahoratli pedagog” darslarida, Robotatexnika va STEAM labaratoriyasining amaliy jarayonlarida, “Metod birlashma faoliyatini yaxshilash” bo‘yicha darslarida, Fizika, Kimyo, Musiqa, Rus tili, Ingliz tili va Matematika fanlarining mahorat darslarida, Fanlarga oid turli xildagi ko‘rgazmalar namoyishi seminar qatnashchilarida zo‘r qiziqish uyg‘otdi. 

Tadbir davomida iqtidorli o‘quvchilar biriktirilgan ustozlari bilan o‘z bilimlariga tayangan holda yaratgan ixtirolarini namoyish etgan bo‘lsa, ijtimoiy fan yo‘nalishidagi trener o‘qituvchilar o‘zlarining sohaga oid ko‘rgazmalari haqida yig‘ilganlarga tushuncha berib, izohlab o‘tdi.

Seminar so‘ngida esa“ Innovasion tarzdagi ota onalar yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi va yig‘ilish doirasida seminarda o‘zining yondashuvi va takliflari bilan faol ishtirok etgan fidoiy ustozlar, mehmonlar va ota-onalar estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish