


Sunggi yillarda Guliston shahrida joylashgan viloyat perinital markazi faoliyati tubdan yaxshilandi deyish mumkin. Markaz 2019-2020 yillar davomida ikki bosqichda mukammal ta’mirlanib, eng zamonaviy, yuqori texnologik imkoniyatga ega tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlandi.
Natijada onalar va bolalarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati sezilarli darajada oshdi. Homilador ayollarga yordam ko‘rsatish, chaqaloqlarni perinatal skrining ko‘rigidan o‘tkazish, tug‘ma nuqsonlarni barvaqt aniqlash va nogironlikning oldini olish imkoni ortdi. Avvallari, ultratovush tekshiruvi bilan 40-50 foiz onalar qamrab olingan bo‘lsa, endi esa bu ko‘rsatkich 100 foizga yetdi.
Qayd etish kerakki, ushbu sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq joriy yilning 5 oyi mobaynida viloyatimiz bo‘yicha tug‘ruq vaqtida bolalar o‘limi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmadi.
Viloyat rahbari bugun ushbu markazda bo‘lib, og‘ir ahvoldagi bemorlar bilan muloqot qildi va ularning salomatligi bilan qiziqdi.
- Barchamizga ma’lum, bola salomatligi ko‘pincha onaga bog‘liq. Negaki sog‘lom onadangina sog‘lom bola dunyoga keladi. Shu bois xalqimiz salomat bo‘lsin va ravnaq topsin desak, onalarning salomatligiga yaxshi e’tibor berishimiz kerak, - dedi viloyat hokimi markaz mas’ullari bilan suhbatida. - Ona birinchi navbatda o‘zi va homilasining parvarishiga e’tibor bersa, natija shunga ko‘ra bo‘ladi. Biz mas’ullar esa ushbu jarayonda ham onaga, ham tug‘iladigan bolaga yetarlicha sharoit yaratib berishimiz kerak.
Gʻofurjon Mirzayev bugun muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, markazni qo‘shimcha jihozlash, qolaversa, bemorlarning yaqinlari uchun ham zarur sharoit yaratish kerakligini ta’kidladi va mutasaddilarga zarur ko‘rsatmalar berdi.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi