Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +29.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Gʻofurjon Mirzayev bosh ofisi Londonda joylashgan «Neftan Limited» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

Gʻofurjon Mirzayev O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganidan mamnunligini bildirib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilgan qulay investision muhit, shuningdek, viloyatning iqtisodiy salohiyati, ijtimoiy infratuzilma va logistik imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi. Sirdaryo viloyatida ko‘plab qiziqarli loyihalarni amalga oshirish mumkinligiga, shuningdek, «Neftan Limited» kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi.

Kompaniyaning O‘rta Osiyo bo‘yicha vakili Vidadi Abdullayev qabul uchun minnatdorlik bildirib, Sirdaryoga tashrifi, Guliston shahrining yashilligi, gullar va quyosh ko‘pligi bilan unda ijobiy taassurot uyg‘otganini ma’lum qildi. Vidadi Abdullayev kompaniya nomidan ijtimoiy muassasalar, yo‘l infratuzilmasi va boshqa qator ijtimoiy soha ob’yektlarini loyihalashtirish, qurish va ishga tushirish bo‘yicha qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi. 

Kompaniya uzoq muddatli hamkorlikni maqsad qilgan.

Hamkorlikning ehtimolli yo‘nalishlarini muhokama qilgan holda, taraflar o‘zaro takliflarni o‘rganib chiqishga va muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish