
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridan Tojikiston Respublikasining Istaravshan (eski nomi O‘ratepa) shahriga qatnovchi “Yangiyer – Istaravshan – Yangiyer” xalqaro yo‘nalishida sinov tariqasida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar Guliston shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Timur Avto Trans Servis” MCHJ va Tojikiston Respublikasi tomonidan esa “Dovud” MCHJlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marotabadan bajariloqda.
Mikroavtobuslar “Yangiyer” avtostansiyasidan soat 7:00 da Tojikiston tomonidan esa Istaravshan shahri markazidan soat 7:30 da yo‘nalishga chiqadi.
Ushbu yo‘nalish qatnov masofasi 69 km bo‘lib, yo‘lkira narxi 27 000 so‘m etib belgilangan.
Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda tashuvchilar tomonidan qatnovlar sonini har ikki tomondan kuniga to‘rtagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.
110,2 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
116,4 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
878.599 %
2022 yilning yanvar oyi holatiga
117,0 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
110,8 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi
109.1 %
2021 yilning yanvar-dekabr oyiga nisbatan foizi