Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati +29.5C°
eye Ko'zi ojizlar uchun
Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
Guliston tumanida "Xotira maydoni"ni hamda "O‘lkashunoslik" muzeyi rasman ochildi
Bugungi kunda Guliston tumani markazida ulkan bunyokordik va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Yangi "Xotira hiyoboni" shular jumlasindandir.

Bugungi kunda Guliston tumani markazida ulkan bunyokordik va qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, tuman markazida Ajdodlar ruhiga hurmat-ehtirom ramzi sifatida tuman Madaniyat markazining old qismida yangi "Xotira xiyoboni" barpo etilgan bo‘lib, maydonda “Motamsaro ona” haykali qad rostlagan. Xotira maydonida shuningdek, Ikkinchi jahon urushida mardlarcha halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan gulistonlik askarlarning ism-sharifi bitilgan Xotira kitobi ham o‘rnatilgan. Mazkur “Xotira maydoni”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda tuman hokimi Saydimqul Begimqulov, sektor rahbarlari va nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi. 

Shu kunning o‘zida tuman markazidagi “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan madaniy meros ob’yekti sifatida ro‘yxatga olingan 1887 yilda qurilgan binoda tuman tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi tuman "O‘lkashunoslik" muzeyi ham tantanali ravishda ochildi. 

Muzeyda ezgu ishlari bilan ko‘pchilikka namuna bo‘lgan qahramonlarning ibratli hayoti, vatanimiz ravnaqi, uning saodati, yurt kelajagi, shahar va qishloqlarimiz obodligi yo‘lida qo‘shgan munosib hissalarini o‘zida aks ettirgan fotojamlamalar, urush davridagi asbob-anjomlar, milliy xunarmandchilik buyumlari va tarixiy milliy liboslar ko‘rgazma-galeriyalari mavjud. Shuningdek, Guliston tumanida istiqlol yillarida faoliyat olib borgan tuman hokimlarining faoliyatlarini o‘zida aks ettirgan bo‘lim tashkil etilgan.

Guliston tumanidagi O‘lkashnoslik muzeyi mahalliy aholi, ichki va horijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatadi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish